SEMINAR

SEMINAR

  "Turan International University" nafaqat taʼlimda, balki jamiyatdagi muhim oʻquv-seminarlarni tashkil etishda ham yetakchi muassasa vazifasini oʻtab kelmoqda.✍️

🇺🇿 Universitetimizda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi boʻgʻin sifatida ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PF-209-sonli Farmoni, “Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 402-sonli qarori mazmun-mohiyatini hamda ulardan kelib chiqadigan vazifalarni ijrochilarga yetkazish viloyat hokimligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Namangan viloyati filiali hamda Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Namangan viloyati boshqarmasi hamkorligida “Mahalla yettiligi” uchun oʻquv-seminari boʻlib oʻtdi.

Bugun Namangan shahar hokimi Anvarjon Otaxodjayev hamda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali rahbari Shuxratjon Toʻxtabayev  bu oʻquv-seminarida ishtirok etishdi.

 

Oldingi xabarBahorgi semestr
Keyingi xabarMalayzia universiteti bilan akademik almashinuv