Xalqaro hamkorlik

Xalqaro hamkorlik

Turan International University Janubiy Koreya universitetlari va xalqaro tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlikni yo'lga qo'ygan. 

📈Bugun, universitetimizga Seoul School of Integrated Sciences & Technologies(aSSIST) universiteti "Center of Industry Collaboration" direktori Eugene Kim hamda "Graduate School of KEM" boʻlim rahbari Yumi Kim tashrif buyurdilar. Universitetimizda talaba-yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar: "Apple" va "Intel" laboratoriyalari, axborot-resurs markazi, "Turan lingua" til markazi bilan yaqindan tanishdilar.

✔️Tashrif  chog'ida, TIUning Koreya OTMlari bilan bugungi kundagi aloqalari, xorijiy loyihalardagi ishtiroki, xalqaro amaliyotlarini tashkil qilishda Koreya OTMlari tajribalaridan keng foydalanish, O'zbekistonda olib borilayotgan ta'lim islohotlari borasida muzokaralar olib borildi va kelajakda ushbu universitet bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga kelishib olindi.

Oldingi xabarTIU talabalari Xiva shahrida
Keyingi xabarTuran Quiz