Malayziya va Oʻzbekiston
Malayziya va Oʻzbekiston uchrashuvi - ikki mamlakatning kelajakdagi hamkorligi uchun yangi eshiklar ochmoqda!✨
✅ Ayni damda, Samarqandda Malayziya Bosh Vaziri Anvar Ibrohim va Oʻzbekiston Bosh Vaziri oʻrinbosari Jamshid Xodjayev rahbarligida ikki mamlakatning yirik delegatsiyalari ishtirokida oʻtkazilayotgan biznes-forum, Oʻzbekiston va Malayziya oʻrtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga koʻtarish yoʻlida muhim qadamdir. Bu forumda Turan xalqaro universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Oʻzbekiston Bank-moliya akademiyasi va yana 5 nafar universitet ham ishtirok etmoqda.
🌐 Universitetimiz rahbarlari siz aziz talabalar uchun yanada koʻplab imkoniyatlarni taqdim etish uchun harakatdalar!😊