TIU va UNIMAS

TIU va UNIMAS

TIU va UNIMAS: Kelajak sari birga! 🤝

⭐️O’zbekiston-Malayziya biznes forumi doirasida o’tkazilgan bu uchrashuv, ikki mamlakatning ta’lim va ilm-fan sohalaridagi hamkorligini yangi bosqichga ko’tarishga xizmat qildi. Forumda turli sohalardagi mutaxassislar, tadbirkorlar, oliy taʼlim rahbarlari hamda olimlar o’zaro fikr almashdilar, yangi g’oyalar va loyihalar muhokama qilindi.

⚡️"Turan International University" va Malayziyaning "University Malasia Sarawak" universiteti rahbarlari ikki xalqning ma’naviyatini va bilimini yanada yuksaltirish maqsadida, hamkorliklar bo’yicha muzokaralar olib bordilar va Turan International University va "University Malasia Sarawak" universitetlari o’rtasida keng qamrovli hamkorlik to’g’risida memorandum imzolandi. 

✅Bu hujjat ikki universitet o’rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash va kelajak avlodlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish yo’lida muhim qadamdir.

Oldingi xabar"Ma'rifat ulashib"
Keyingi xabarTIU da konferensiya!