O'zbekiston va Malayzia

O'zbekiston va Malayzia

O'zbekiston va Malayziya: Ta'lim va madaniyat ko'prigi

✨Kuni kecha, Malayziyadagi talabalarimiz hamda UTHMning CENTER for language Studies boʻlimi dekani Dr. Azmi Abd Latifva va professorlari ishtirokida uchrashuv tashkil qilindi.

🕯Uchrashuv davomida, ular oʻzaro fikr almashdilar, talabalarimiz tomonidan universitetimiz hayoti va taʼlim tizimi, milliy qadriyatlarimiz,  liboslarimiz hamda taomlarimiz haqida maʼlumotlar berib oʻtildi.

🍲 Malayziyaliklar esa o'zlarining mazali taomlari va shirinliklari bilan mehmondo'stliklarini namoyish etdilar. Bu madaniy almashinuv, talabalarimizning nafaqat akademik, balki shaxsiy rivojlanishlarida ham muhim rol o'ynaydi.

💫Talabalarimiz Malay xalqining samimiyligi va mehmondoʻstligidan juda xursand!💫

#tiu_youth    #malayziya
 

Oldingi xabarMalayzia universiteti bilan akademik almashinuv
Keyingi xabar"TIU Fan olimpiadasi"