"TIU Fan olimpiadasi"

"TIU Fan olimpiadasi"

🎓Oliygoh talabasi bo'lish baxtiga muddatidan avval erishish mumkin ekanidan xabardormisiz?

❓Agarda bu imkoniyat 4 yillik 100% grant asosida bo'lsa-chi?

⭐️Joriy 2024-yilning 11-12-may sanasida Turan International University tomonidan tashkil qilinadigan "TIU Fan olimpiadasi" sizlarga 4 yilga 100% grant asosida Xalqaro universitetda o'qish imkoniyatini taqdim etmoqda! Bundan tashqari, chegirmalar asosida 1 yildan 4 yilgacha, 25%dan 100%gacha qo'shimcha grantlar, noutbuk(kompyuter), planshet, telefon hamda boshqa qimmatbaho sovg'alar ham sizniki bo'lishi mumkin. 
Buning uchun sizlardan faqatgina o'z bilim va ko'nikmalaringizni amalda namoyon qilish talab etiladi.

🎯Olimpiada oʻtkaziladigan fanlar:
1. Matematika;
2. Informatika;
3. Fizika;
4. Ingliz tili;
5. Rus tili;
6. Ona tili;
7. Tarix;
8. Biologiya.

⚡️Ro'yxatdan o'tish uchun oxirgi muddat: 9-may soat 23:59

💎Olimpiada Turan International University o'quv binosida (https://goo.gl/maps/uq7wA4bo6Hp7vkS98)  11-12-may kunlari oʻtkaziladi.

✅ Ushbu havola (https://olymp.tiu-edu.uz/) orqali ariza topshirishingiz mumkin!

❗️Bitiruvchi sinf o'quvchilari shoshiling, imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

Oldingi xabarO'zbekiston va Malayzia
Keyingi xabarStaff Mobility