FILOLOGIYA VA TILLARNI O‘QITISH (YAPON TILI)


DASTUR TAVSIFI

Ushbu dasturda o‘qish Yapon tilini o‘rganish va shu orqali o‘zbek yaponshunosligi darajasini oshirish imkonini beradi. Dasturning asosiy maqsadi Yapon tilini o‘qitish metodikasini o‘rgatish, shuningdek, Yapon madaniyati va adabiyoti, Yapon siyosati, iqtisodiyoti va tarixi, falsafasi mutaxassislari va tadqiqotchilarini tayyorlashdan iborat.

DASTURNING MAQSADI

Dasturning asosiy maqsadi keyingi hayotida Yapon tili, Yapon madaniyati, iqtisodiyoti, siyosatini o‘rganishni rejalashtirgan, Yapon tilini o‘rgatish va uni o‘qitish darajasini kengaytirish niyatida bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan.

BANDLIK IMKONIYATLARI

  • Yapon tili o‘qituvchisi
  • Filolog
  • Sharqshunos
  • Tahrirchi
  • Tilshunos-tadqiqotchi
  • Lingvist-tilshunos
  • Yaponist