FILOLOGIYA VA TILLARNI O‘QITISH (KORЕYS TILI)


DASTUR TAVSIFI

Ushbu dastur koreys tilini chuqur o‘rganishni istagan talabalar uchun mo‘ljallangan. Ular o‘qishni tugatgandan so‘ng turli tashkilotlarda ushbu tilni o‘rgatishlari mumkin.

DASTURNING MAQSADI

Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasining Sharq mamlakatlari bilan xalqaro aloqalari xavfsizlikni ta’minlashdan tortib, turmush sharoitini yaxshilashgacha bo‘lgan turli yo‘nalishlarda jadal kengayib bormoqda. Shu munosabat bilan ushbu mamlakatlarning madaniyati, tili va an’analarini chuqur o‘rgangan mutaxassislarga shoshilinch ehtiyoj mavjud. Tillarni bilmaslik mamlakat taraqqiyotiga to‘sqinlik qilmasligi uchun Turan xalqaro universiteti ma’lum bir davlat hayotining barcha jabhalarini har tomonlama o‘rganishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshiradi.

  • BANDLIK IMKONIYATLARI
  • Koreys tili o‘qituvchisi
  • Filolog
  • Sharqshunos
  • Koreist
  • Tahrirchi
  • Tilshunos-tadqiqotchi