JISMONIY MADANIYAT


DASTUR TAVSIFI

Turan IU talabalari uchun ushbu dastur talabalarni sport, jismoniy faollik va sog‘lom turmush tarzi yo‘nalishida har tomonlama o‘rgatishdir. Jismoniy tarbiya va sport sohasida ishlash uchun zarur bo‘lgan kasbiy ko‘nikmalar va nazariy bilimlarni rivojlantirish uchun mo‘ljallangan. Talabalar jismoniy tarbiyaning turli yo‘nalishlarini, ya'ni mashg‘ulot usullari, anatomiya va fiziologiya, sport psixologiyasi, umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik, sport sohasida ovqatlanish menyusi va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni o‘rganadilar.

DASTURNING MAQSADI

Shaxsni rivojlantirishda jismoniy madaniyatning roli va uni kasbiy faoliyatga tayyorlash to‘g‘risida tushuncha berish, jismoniy madaniyat va sog‘lom turmush tarzining ilmiy va amaliy asoslarini bilish, talabaning kelajakdagi kasbga psixofizik tayyorgarligini belgilaydigan umumiy va kasbiy amaliy jismoniy tayyorgarlikni ta’minlashdan iborat.

BANDLIK IMKONIYATLARI

  • Tanlangan sport turi bo‘yicha murabbiy
  • Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi
  • Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha instruktor-stilist