Boshlangʻich taʼlim
Kurs tavsifi:
O‘zbekiston Respublikasida boshlang‘ich ta’lim 1-4-sinf o‘quvchilariga ta’lim berish va ularning ma’naviy kamolotini yuksaltirishning boshlang‘ich bosqichi hisoblanadi. Ushbu bosqichda o‘quv dasturining ta’lim mazmunini aniqlash juda muhimdir. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari boshlang‘ich ta’lim nazariyasiga ko‘ra pedagogik nazariya, o‘qitish metodikasi, bilish jarayonlarini puxta o‘zlashtiradilar, o‘quv-pedagogik amaliyotlarda faol ishtirok etadilar. Shuningdek, kurs o‘quv dasturi asosida talabalar chet tillarini mukammal o‘rganadilar.
Dasturning maqsadi:
Davlat ta’lim standartlari mezonlaridan kelib chiqqan holda, ushbu ta’lim dasturi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi uchun zarur bo‘lgan bilim, qobiliyat va malakaga ega bo‘lishini nazariy va amaliy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi. Turan xalqaro universiteti nafaqat o‘z talabalariga nazariy bilimlarni berish, balki ularning ushbu bilimlardan kelajakdagi ishlarida foydalanish kobiliyatlari haqida ham qayg‘uradi. Shuning uchun amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish, shuningdek, nufuzli ta’lim muassasalarida nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliyotni tashkil yetish kabi jarayonlarga alohida ye’tibor qaratilmoqda..puxta o‘zlashtiradilar, o‘quv-pedagogik amaliyotlarda faol ishtirok etadilar. Shuningdek, kurs o‘quv dasturi asosida talabalar chet tillarini mukammal o‘rganadilar.
Boshlang‘ich ta’lim bitiruvchilari quyidagi yo‘nalishlarda ishlashlari mumkin:
• O‘qituvchi-tashkilotchi
• Pedagog-repetitor
• Tyutor
• Boshlang‘ich maktab o‘qituvchisi
• Boshlang‘ich maktab kompensatsion va korreksion–rivojlantiruvchi ta’lim o‘qituvchisi.