Turizm (faoliyat yo’nalishlari bo’yicha)
Kurs tavsifi:
"Turizm" ta’lim sohasi davlatning iqtisodiy rivojlanishining muhim omillaridan biri bo‘lib, yoshlarni turizm xizmatlaridan samarali foydalanish va mamlakatning iqtisodiy o‘sishiga, tovarlar va xizmatlarning jahon bozorlariga bosqichma-bosqich kirib borishga o‘rgatish bizning asosiy vazifamizdir. Namangandagi Turan xalqaro universiteti talabalarga nafaqat nazariy va amaliy bilimlar berish, balki bu bilimlarni kelajakdagi kasbiy faoliyatida qo‘llashdan ham manfaatdor. Amaliy ko‘nikmalar ta’limning asosini tashkil etadi.
Dasturning maqsadi:
Turizm, mehmonxona va restoran biznesida xodimlarni boshqarish, sayyohlik safarlarini tashkillashtrish, Oʻzbekiston Respublikasida ichki va tashqi turizm bozorini rivojlantirishning asosiy geografik yoʻnalishlari boʻyicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash.
Ishga joylashish imkoniyatlari:
Bitiruvchilar o‘zlarining kasbiy bilimlarini turizm va xizmat ko‘rsatishning turli sohalarida qo‘llashlari mumkin:
• O‘zbekiston Respublikasi turizm Davlat qo‘mitasi
• Xususiy turizm tashkilotlari assotsiatsiyasi (XTTA)
• Mehmonxona va restoran biznesi
• Mehmondo‘stlik sohasida mutaxassislar tayyorlash markazlari
• Aviachiptalarni bron qiladigan tashkilotlar
• Nogironlarni reabilitatsiya qilish markazlari, nogironlar uchun turistik sayohatlarni tashkil yetish bo‘yicha xizmatlar
• Bo‘sh vaqtni tashkil etish bo‘yicha agentliklar va kompaniyalar
• Bo‘sh vaqt va o‘yin-kulgi sohasi
• Kurort biznesi
• Sport va sog‘lomlashtirish xizmati
• Biznes Boshqaruvi
• Reklama xizmatlari
• Ta’lim sohasi