Kechki ta'lim


Turan xalqaro universitetida mehnat bozorida kadrlarga bo’lgan real ehtiyoj, ish beruvchilarning takliflari va abituriyentlarning xohish-istaklarini inobatga olgan holda 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab Turan International Universityda kechki ta’lim shaklida o‘quv jarayonlari yo‘lga qo‘yildi. Hozirgi kunda universitetimizda kechki ta’lim shaklida quyidagi ta’lim yo‘nalishlari mavjud:

 

  • Axborot texnologiyalari dasturiy ta’minoti;
  • Boshlang‘ich ta’lim;
  • Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili);
  • Moliya va moliyaviy texnologiyalar;
  • Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo’yicha);
  • O‘zga tilli guruhlarda rus tili;
  • Jaxon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar;
  • Xalqaro munosabatlar.

Universitetda kechki ta’lim yo‘nalishi talabalarining bilim olishi uchun zarur shart-sharoit yaratilgan, o‘quv-uslubiy adabiyotlar, o‘quv-uslubiy hujjatlar, tarqatma materiallar bilan ta’minlangan. O‘quv jarayonlari sifatini oshirish, o‘quvchilarning amaliy bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash maqsadida belgilangan joylarda sayyor darslar tashkil etilmoqda. Barcha talabalarga qulaylik yaratish maqsadida universitetda zamonaviy texnologiyalar va eng yangi adabiyotlar bilan to‘ldirilgan kutubxona mavjud.

Turan International Universityda kechki ta’lim shaklida o‘qish muddati 4,5 yil.

Turan International Universityning kechki ta’limida o‘quv mashg‘ulotlari kechki soat 17:30 dan 20:20 gacha davom etadi.

Turan International Universityning kechki ta’limi uchun ishlab chiqilgan ta’lim dasturlari universitetning kunduzgi va sirtqi ta’limi bilan bir xil hisoblanadi.