Maqsad va Vazifalarimiz
VAZIFALAR BAYONOTI
Namangandagi Turan xalqaro universiteti (Turan IU), bu yerda yuqori malakali mutaxassislar talab qilinadigan sohalar uchun zamonaviy kadrlar tayyorlaydi.
Universitetning vazifasi talabalarga kelajakdagi mustaqil hayot uchun bilim va ko‘nikmalar berish, shuningdek, dunyoning barcha rivojlangan mamlakatlarida raqobat va mohirona ishlash qobiliyatini rivojlantirish, yuqori axloqiy barkamol, kasbiy kompetensiyalarga ega bo‘lgan shaxsni tarbiyalashdan iborat. Universitet muntazam ravishda o‘quv dasturlarini yangilab borish, professor-o‘qituvchilar va xodimlarning kasbiy o‘sishini qo‘llab-quvvatlash, laboratoriya va o‘quv jihozlarini takomillashtirish orqali ta’lim sifatini oshirishga intiladi.
Shuningdek, Universitet global akademik va ilmiy hamjamiyatga yanada integratsiyalashuvga qaratilgan global o‘zgarishlarga moslashuvchan ko‘p tarmoqli ilmiy va akademik dasturlarni amalga oshiradigan innovatsion ta’lim muassasasiga aylanishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Turan IU oʻz faoliyatida gender tenglik va taʼlimning inklyuzivligining umuminsoniy tamoyillariga qatʼiy amal qiladi. Talabalar uchun taʼlim olishning teng imkoniyatlarni yaratadi, shu jumladan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlaydi.