Turan Xalqaro Universiteti ilmiy salohiyati oshib bormoqda
Turan Xalqaro Universitetida fan doktori va nomzodlari, chet el davlatlarining nufuzli universitetlarida tahsil olgan xalqaro mutaxassislar va salohiyatli professor-o‘qituvchilar faoliyat olib boradi.
Gumanitar fanlar va Pedagogika fakultetining kuchli mutaxassisi va professor-o‘qituvchisi Darmonov Ilhomjon Karimovich yaqinda filologiya fanlari bo‘yicha FALSAFA DOKTORI (PhD) darajasini qo‘lga kiritdi.
Turan Xalqaro Universiteti jamoasi nomidan ustozimizni chin yurakdan tabriklaymiz va ularning kelgusidagi ilmiy izlanishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

 
                                         
                                     
                                     
                                     
                                     
                                     
                                     
                                    