TURAN XALQARO UNIVERSITETIDA REKTOR VA TALABALAR UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI
Bugun Turan International University rektori Ahadxon Najmitdinov va boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabalari bilan mazmunli uchrashuv o’tkazildi.
Uchrashuv davomida bitiruvchi talabalar bilan ona tilini chuqur o‘rganish, nutq madaniyatini rivojlantirish hamda til bo‘yicha xalqaro sertifikat olishning ahamiyati haqida atroflicha fikr almashildi.
Rektor o‘z nutqida, sertifikatga ega bo‘lgan bitiruvchilarning ishga joylashish imkoniyatlari kengayishi, malaka darajasi oshishi va mehnat bozorida raqobatbardoshligi yuqori bo‘lishini alohida ta’kidladi.
Mazkur uchrashuv talabalarda yangi maqsad va motivatsiya uyg‘otdi.
