“Bog‘bon” Xalqaro insonni rivojlantirish markazi stipendiyasi uchun test sinovlari bo‘lib o‘tdi!

“Bog‘bon” Xalqaro insonni rivojlantirish markazi stipendiyasi uchun test sinovlari bo‘lib o‘tdi!

Kuni kecha “Bog‘bon” Xalqaro insonni rivojlantirish markazi tomonidan tashkil etilgan stipendiya dasturi doirasida nomzodlar bilim sinovlarida ishtirok etishdi.

Test savollari avvaldan tavsiya etilgan 15 ta asar asosida tuzilgan bo‘lib, ishtirokchilar o‘z bilimini, o‘qishga bo‘lgan qiziqishini va tahliliy fikrlash qobiliyatini namoyon etishdi.

Jarayon to‘liq shaffoflik, xolislik va teng imkoniyatlar tamoyillari asosida tashkil etildi.

Yaqin kunlarda talabgorlarning to‘plagan ballari e’lon qilinadi. Natijalar ularning ilmiy ishlari bo‘yicha ko‘rsatkichlari bilan birgalikda umumiy baholanadi.

Dasturdan ko‘zlangan maqsad — iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni ilm-fan, innovatsiya va shaxsiy rivojlanish yo‘nalishlarida qo‘llab-quvvatlashdir.

Oldingi xabar“Rus tili elchilari” Turan Xalqaro Universitetida!
Keyingi xabar“Fazo Holding” stipendiyasi uchun mantiqiy va tahliliy bilimlar sinovi o‘tkazildi