“Fazo Holding” stipendiyasi uchun mantiqiy va tahliliy bilimlar sinovi o‘tkazildi
“Fazo Holding” kompaniyasi tomonidan ta’sis etilgan stipendiya dasturi doirasida yosh iste’dodlar o‘rtasida mantiqiy fikrlash, tahliliy yondashuv va intellektual salohiyatni baholovchi test sinovlari bo‘lib o‘tdi.
Ishtirokchilar murakkab mantiqiy topshiriqlar va tahliliy savollarga javob berish orqali o‘z bilimini sinovdan o‘tkazishdi.
Jarayon adolat, shaffoflik va teng imkoniyatlar ruhida o‘tkazilib, har bir nomzod o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Yaqin kunlarda natijalar e’lon qilinadi — to‘plangan ballar ishtirokchilarning ilmiy faoliyat natijalari bilan birgalikda umumiy hisobda ko‘rib chiqiladi.
Ushbu dastur — yoshlarni innovatsiya, ilm-fan va tadbirkorlik yo‘nalishlarida rag‘batlantirish, ularning fikrlash doirasini kengaytirish hamda yetakchilik salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan.
