SPORT SOHASIDA YANGI HAMKORLIKLAR

SPORT SOHASIDA YANGI HAMKORLIKLAR

Turan Xalqaro Universiteti delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tizimidagi qator muassasalar — Sport akademiyasi, Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, Olimpiya shaharchasi hamda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga rasmiy tashrif amalga oshirdi.

Ushbu tashrif bizning talabalarimiz uchun maxsus tashkil etildi va ular faol ishtirok etdi. Talabalar jismoniy tarbiya va sport sohasidagi eng ilg‘or jarayonlar, zamonaviy texnologiyalar va ilmiy-amaliy yondashuvlar bilan bevosita tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

Safar davomida:
— sport laboratoriyalari faoliyati o‘rganildi;
— ilmiy-amaliy tajribalar jarayoni kuzatildi;
— talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va sport infratuzilmalari bilan yaqindan tanishildi.

Tashrif yakunida Turan Xalqaro Universiteti hamda Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi. Bu memorandum talabalarimizga amaliyot, ilmiy izlanishlar va qo‘shma loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Bu tashrif — talabalarimizning bilimini, tajribasini va kasbiy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladigan muhim qadamlardan biridir.

Oldingi xabarIstanbulda 7 kunlik qisqa muddatli dasturga qabul ochildi
Keyingi xabar“Fazo Holding” stipendiyasi o‘z egasiga topshirildi