“Fazo Holding” stipendiyasi o‘z egasiga topshirildi
Zamonaviy biznes maydonida o‘zining salohiyati, strategik fikrlashi va keng ko‘lamli loyihalari bilan ajralib turadigan, nafaqat o‘z sohasida yetakchi, balki bozor tamoyillarini yangidan shakllantirayotgan, iqtisodiy rivojlanishga munosib hissa qo‘shayotgan yirik sanoat va investitsiya markazi sifatida tanilgan FAZO HOLDING kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan stipendiya dasturi doirasida o‘tkazilgan mantiqiy va tahliliy bilimlar sinovlari o‘z yakuniga yetdi.
Adolat va shaffoflik tamoyillari asosida baholangan natijalar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan nomzod aniqlandi.
G‘olib — Turan Xalqaro Universiteti 3-bosqich talabasi Orifjonova Durdona.
Endi esa ushbu iqtidorli talabamiz hamkor tashkilotimiz tomonidan har oy belgilangan miqdorda stipendiya bilan taqdirlanadi. Bu nafaqat uning bugungi yutuqlariga berilgan munosib e’tirof, balki kelajakdagi ilmiy izlanishlari, tashabbuslari va rivojlanishiga qo‘shimcha turtki bo‘lib xizmat qiladi.
Ushbu dastur yoshlarni ilm-fan, innovatsiya va yetakchilik sari rag‘batlantirish, ularga yangi imkoniyatlar yaratish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan.
Talabamizni chin dildan tabriklaymiz!
