TURAN XALQARO UNIVERSITETI TALABASI “BOG’BON XALQARO INSONNI RIVOJLANTIRISH MARKAZI’’ STIPENDIYASINI QO’LGA KIRITDI
Yoshlar salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va ularning intilishlarini rag‘batlantirishni maqsad qilgan ‘’Bog‘bon Xalqaro Insonni Rivojlantirish Markazi’’ tomonidan ta’sis etilgan nufuzli stipendiya dasturi o’z egasini topdi. Markazning asosiy maqsadi — iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga rivojlanish va o‘sish uchun keng imkoniyatlar yaratishdan iborat.
Shu doirada Turan Xalqaro Universiteti talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov yakuniga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yili uchun “Bog‘bon xalqaro insonni rivojlantirish markazi’’ stipendiyasi sohibi Jo‘rayev Ilyosbek Baxromjon o‘g‘li deb topildi.
Endi talabamiz har oy belgilangan miqdordagi ushbu stipendiyani oladi. Sizning ham imkoniyatingiz bor! Ilm oling, intiling va o‘z salohiyatingizni namoyon qiling — kelajak sizniki!
