EKOFAOL TALABALAR: TURAN XALQARO UNIVERSITETIDA YASHIL KELAJAK UCHUN BIR QADAM
Turan Xalqaro Universitetida ekologik madaniyatni kuchaytirish, yoshlar orasida atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish va yashil kelajakni barpo etish maqsadida bir qator tashabbuslar amalga oshirilmoqda. Shulardan biri — “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tashkil etilgan ko‘chat ekish aksiyasidir.
Mazkur tadbirda universitet talabalaridan tortib professor-o‘qituvchilar hamda butun jamoa faol ishtirok etdi. Birgalikdagi sa’y-harakatlar natijasida kampus hududida 40 tup ko‘chat ekildi. Bu tashabbus nafaqat hududni obodonlashtirish, balki ekologik barqarorlikni ta’minlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
Aksiya davomida talabalar har bir niholga e’tibor va mehr bilan yondashib, ekologik faollikning nafaqat majburiyat, balki jamiyatga foyda keltiruvchi qadriyat ekanini namoyish etdilar. Ushbu tashabbus yosh avlodning mas’uliyatli, ekologik ongli va faol fuqarolar bo‘lib yetishayotganidan dalolat beradi.
Turan Xalqaro Universiteti nafaqat sifatli xalqaro ta’limni taqdim etadi, balki yashil va sog‘lom muhit yaratish bo‘yicha ham yetakchi bo‘lishni maqsad qilgan. Universitet uchun “yashil kampus” — bu zamonaviy ta’lim bilan uyg‘unlashgan ekologik qadriyatlar makoni.
Kelajak ekologik ongli yoshlar qo‘lida. Turan Xalqaro Universitetining eco faol talabalari esa bu yo‘lda o‘zining munosib ulushini qo‘shmoqda.
