JAPAN EDUCATION FAIR 2025
Ayni paytda Buxoro shahrida xalqaro miqyosdagi yirik ta’lim tadbiri — “Japan Education Fair 2025” o’tkazilmoqda.
Unda Yaponiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalari ishtirok etib, o‘zaro tajriba almashish va hamkorlikni rivojlantirish yo‘nalishlarida faol muloqot olib borishmoqda.
Mazkur anjumanda Turan Xalqaro Universiteti vakillari ham qatnashib, Yaponiyaning yetakchi universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, qo‘shma dasturlar va ta’lim loyihalarini yo‘lga qo‘yish yo‘lida muhim uchrashuvlar o‘tkazdi.
Turan International University — xalqaro ta’lim hamkorligining faol ishtirokchisi, yoshlar uchun cheksiz imkoniyatlar eshigini ochayotgan zamonaviy ta’lim maskani!
