“Rus tili elchilari” Turan Xalqaro Universitetida!
Bugun Turan Xalqaro Universitetida A.S. Pushkin nomidagi Rus tili instituti tashabbusi bilan tashkil etilgan “Послы русского языка в мире” (“Dunyo bo‘ylab rus tili elchilari”) xalqaro dasturi doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Dastur yoshlar o‘rtasida rus tilini o‘qitish, madaniy almashinuvni rivojlantirish va xalqlar do‘stligini mustahkamlashga qaratilgan.
Tashrif davomida “Rus tili elchilari” talabalar bilan interaktiv mashg‘ulotlar va rus tili bo‘yicha sinov topshiriqlarini o‘tkazishdi. Uchrashuv samimiy muloqot va o‘zaro tajriba almashinuvi ruhida o‘tdi.
Turan Xalqaro Universiteti xalqaro hamkorlikni kengaytirish va yoshlarning xorijiy tillarga qiziqishini oshirish yo‘lida faol ish olib bormoqda.
