Indoneziyalik talabalar e'tirof etildi

Indoneziyalik talabalar e'tirof etildi

Turan Xalqaro Universiteti hamkori Indoneziyadagi nufuzli UNSIKA universiteti talabalari universitetimizda 2026-yil kuzgi semestr davomida almashinuv dasturini muvaffaqiyatli yakunlagani munosabati bilan Tashakkurnoma (Certificate of Appreciation) bilan taqdirladi! 

Ushbu tantanali tadbir nafaqat sertifikat topshirish marosimi, balki xalqaro do‘stlik, akademik hamkorlik va madaniy almashinuvning yorqin namoyoniga aylandi. Indoneziyalik talabalar Turan Xalqaro Universitetida tahsil olish jarayonida o‘zlarining faolligi, bilimga chanqoqligi va mas’uliyati bilan universitet jamoamizning ajralmas qismiga aylandilar.

Dars jarayonlari, madaniy tadbirlar va xalqaro muhit — bularning barchasi ularning yodida unutilmas tajriba sifatida qoladi. Bugun esa biz ularning mehnati va yutuqlarini faxr bilan e’tirof etamiz.

Turan Xalqaro Universiteti — bu shunchaki ta’lim emas,
bu xalqaro imkoniyatlar, global hamkorlik va kelajak yetakchilari makoni!

Oldingi xabar7 KUNLIK TURKIYA DASTURI — KATTA IMKONIYATGA ILK QADAM!