VILOYAT TA'LIM BOSHQARMASI TOMONIDAN E’TIROF
Namangan viloyati Maktabgacha va Maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan Turan Xalqaro Universiteti rahbari va jamoasi TASHAKKURNOMA bilan taqdirlandi:
✔️Zamonaviy ta'lim dargohi barpo etib, yangi jihozlar bilan ta'minlagani;
✔️Yosh avlod uchun bilim olish, ijod qilish, kasb-hunar o'rganishi va kelajak sari dadil intilishi uchun qulay sharoit yaratgani;
✔️Uchinchi Renessans poydevorini yaratish yo'lidagi ezgu sa'y-harakatlari;
✔️ Asosiy fan olimpiadasining viloyat bosqichini o'tkazishda qo'shgan munosib hissasi uchun.
✅Bu e’tirof — Turan Xalqaro Universitetining ta’lim rivojiga qo‘shayotgan ulkan hissasi, innovatsion yondashuvi va yoshlar kelajagi uchun yaratib kelayotgan imkoniyatlarining yorqin isboti.
