Turan Xalqaro Universiteti professor-o‘qituvchisi pedagogika fanlari doktori (DSc) darajasiga erishdi
Professor-o‘qituvchilarimizdan biri Abdusamiyev Dilmurod Abdug‘ani o‘g‘li 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi, pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Akmeologik yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kasbiy identifikatsiyani rivojlantirishning pedagogik tizimi” mavzusidagi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi!
DSc Abdusamiyev Dilmurodni universitetimiz nomidan tabriklaymiz!
Ustozimizga kelgusidagi ilmiy faoliyatlarida yanada yuksak cho‘qqilarni zabt etishni tilaymiz!
