Biz haqimizda


BIZ HAQIMIZDA

                  Turan xalqaro universiteti Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 23.06.2022 yildagi 248791-sonli davlat litsenziyasi asosida Namangan shahrida tashkil etilgan oliy ta’lim tashkilotidir. Universitet dars jarayonlarini kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakllarida olib borish bilan birga o‘zbek, rus va ingliz tillarida yuqori malakali bakalavr va magistrlarni tayyorlaydi. Darslar Janubiy Koreya, AQSH, Buyuk Britaniya, Avstriya, Hindiston, Xitoy, Rossiya, Qozogʻiston kabi xorijiy davlatlarning nufuzli universitetlari bitiruvchilari boʻlgan xalqaro va mahalliy professor-oʻqituvchilar tomonidan olib boriladi. Hozirda Turan xalqaro universitetida 2 ta ta’lim fakulteti tarkibida 23 ta bakalavriat va 9 ta magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda.Turan xalqaro universiteti taʼlim xizmatlarini koʻrsatish uchun barcha litsenziyalarga ega bo‘lib, universitet bitiruvchilariga taqdim etiladigan diplom Oʻzbekiston hududida toʻlaqonli tan olinadi.